Misr - O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvining sanasi ma'lum

Khoja
15 okt 2025
Avvalroq, BAAda noyabr oyida Dubayda to'rt terma ishtirokida o'rtoqlik turniri tashkillashtirilishi haqida xabar bergandik.

Unga ko'ra, turnirda Eron, Misr, O'zbekiston va Kabo-Verde termalari ishtirok etadi.

Erondagi hamkasblardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, JCHga chiqib ulgurgan 4 ta terma jamoa ishtirokidagi musobaqa taqvimi aniq bo'lib ulgurgan.

Ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston – Misr, Eron – Kabo-Verde uchrashuvlari 13 noyabr kuniga belgilangan. 3-o'rin uchun o'yin 17 noyabr kuni, final bahsi esa 18 noyabr kuni bo'lib o'tadi.


KhojaMuallif
Manba: @uz_eksport