

"Shahzoda Feysal bin Fadx" stadionida kechgan bahs mehmonlarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi yagona gol 40-daqiqada Sadio Mane tomonidan kiritildi. Unga portugaliyalik yulduz Joau Feliks golli uzatmani etkazib berdi. E'tiborli jihati shundaki, jamoa sardori Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda ilk bor chempionat o'yini qaydnomasiga kiritilmadi. Avvalroq, Ronaldu klubning transfer siyosatidan norozi bo'lib, o'yinlarga boykot e'lon qilish bilan tahdid qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Ar Riyod": 82. Milan Boryan (D), 7. O. Al Boardi, 23. M. Al Xaybari, 5. Yoan Barbe, 80. A. Al Xaybari (S), 19. Ismael Soro, 4. S. Gonsales, 35. A. Al Siyahi, 10. T. Oku, 99. S. Harun, 20. Toze.
"Al Nassr": 24. Bentu (D), 2. Sulton Al G'annam (S), 3. Muhammad Simakan, 26. Inigo Martines, 96. S. Al Nasser, 10. Sadio Mane, 20. Anjelo, 19. Ali Al Hassan, 23. Ayman Yahyo, 79. Joau Feliks, 29. Abdurahmon G'arib.
Ushbu g'alabadan so'ng "Al Nasr" ochkolari sonini 46 taga etkazib oldi va turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarildi. Ayni damda ular zaxirasida bitta o'yini bor bo'lgan "Al Hilol"ni qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga ortda qoldirishmoqda. "Al Hilol" esa navbatdagi turda 43 ochkoga ega "Al Ahli" bilan kuch sinashadi.




