Mish-mishlar haqiqatga aylanmoqda. Messining ketishi deyarli aniq

Mirjalol Normatov
25 avg 2020, 23:11
"Barselona" hujumchisi Leo Messi jamoani tark etishni qaror qildi.

"Marca" xabariga ko'ra, futbolchi ketishini klubdagilarga va jamoadoshlariga ma'lum qilgan. Manbaning aytishiga ko'ra, Messi shartnomasini bir tomonlama bekor qilishi mumkin.

Bu punktni Messi 10 iyun kuni ishga solishi ham mumkin edi. Biroq koronavirus sababli Messi bundan foydalana olmadi.

Qayd etilishicha, Messi jamoaning navbatdagi mashg'ulotlarida qatnashmaydi, shuningdek, "Barsa" futbolchilari bilan birga tibbiy ko'rikdan ham o'tmaydi.

U yaqin kunlar ichida "Inter"ga ko'chib o'tishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal