Mirzohid G'ofurov: “Hakam o'yinni qanday boshqarganini hamma ko'rdi”

Narzulla Saydullayev
29 fev 2020, 13:38
Mavsumning ilk ochilish uchrashuvida amaldagi mamlakat chempioni “Paxtakor” o'z maydonida Namanganning “Navbahor” jamoasini kichik hisobda mag'lub etdi.

Mazkur bellashuvdan so'ng uning atrofidagi muhokamalar to'xtayotgani yo'q. Biz esa bu borada “lochinlar” futbolchisi Mirzohid G'ofurovning fikrlari bilan qiziqdik.

“Bahs kurashlarga boy bo'ldi. Hakamlarni ortiqcha muhokama qilmoqchi emasman. Chunki, o'yinni qanday boshqarganini hamma ko'rdi. Shu kuni ishqibozlar bizning maydondagi o'n ikkinchi o'yinchimiz bo'lishdi. Doim qo'llab-quvvatlab turishadi. Aslo yolg'iz qo'yishmaydi. Qayerda to'p tepsak ular biz bilan birga. Joriy yildagi birinchi rasmiy bahsni o'tkazdik. Ochig'i, barcha katta futbolni sog'ingani ko'rinib turibdi. O'zi “Paxtakor” bilan o'yinlar shiddatli va murosasiz kechgan. O'ylaymanki, qolgan jamoalarga ham shunday shiddat taklif qila olamiz. Nasib qilsa bu yil boshqacha “Navbahor” bo'ladi”, - dedi G'ofurov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia