14 noyabr kuni Vetnam Futbol Federatsiyasi binosida OK-2015 saralash 4 turidan o'rin olgan Vetnam - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Matbuot anjumanida mahalliy OAV savollariga javob bergan Mirjalol Qosimov ertaga bo'lib o'tadigan o'yinda o'z shogirdlarining g'alaba qozonishlariga ishonishini aytdi. Biz raqibni xurmat qilamiz. Toshkentdagi o'yinda Vetnam o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatdi. Biz Vetnamni yaxshi shakllangan jamoa ekanligini ko'rdik. Bu raqibga xurmatni saqlagan holda aytishim mumkin, ertaga bo'ladigan o'yinda biz favorit sifatida maydonga tushamiz. Biz g'alaba qozonishimizga va Osiyo Kubogiga beriladigan yo'llanma uchun imkoniyatlarimizni yaxshilab olishimizga ishonaman, - deydi Qosimov.
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyining aytishicha, Toshkentdan Xanoyga bo'lgan uzoq muddatli parvoz jamoa o'yiniga ta’sir qilmaydi.
Xanoygacha parvozimiz uzoq davom etdi. Ammo, kecha dam oldik va jismoniy holatimizni ancha yaxshilab oldik. Ayni damda terma jamoamiz a'zolari yaxshi jismoniy holatda. Kayfiyat ham a'lo darajada. Hozir butun terma jamoa a'zolarining fikri ertaga bo'lib o'tadigan o'yinga qaratilgan.
Matbuot anjumanida saralashning E guruhidan Osiyo Chempionatiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma oladigan ikki terma jamoa kim bo'ladi degan savolga, Mirjalol Qosimov qisqa va aniq javob beradi.
Mazkur guruhdan Osiyo Chempionatiga BAA hamda O'zbekiston terma jamoalari to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi, - deydi Qosimov.
Mirjalol Qosimov bilan birgalikda o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etgan O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov Vetnamga qarshi kechadigan o'yinda terma jamoa faqat g'alaba uchun maydonga tushishini ta'kidladi.
Vetnam juda yaxshi jamoa ammo ularni mag'lub etishimiz shart. Ularning tarkibida 19 raqamli o'yinchini alohida tilga olgan bo'lar edim. Toshkentdagi o'yinda jamoa sardori sifatida maydonga tushgan va o'yinda ancha yaxshi taassurot qoldirgan edi, - dedi Denisov.
Eslatib o'tamiz, OK-2015 saralashi, 4 turidan o'rin olgan Vetnam - O'zbekiston 15 noyabr kuni Xanoydagi May Din stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.
Baxtiyor Mametov (O'FF matbuot xizmati) Xanoy