Mirjalol Qosimov: “Olmaliq”dan har qanday havfni kutsa bo'ladi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2013, 21:38
“Bunyodkor” – “Olmaliq” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg'ochlar” ustozi qatnashdi.
- “Olmaliq” shakllangan va o'z uslubiga ega jamoa. Ular yaqinda ushbu stadionda “Paxtakor”ni yutib ketishgandi. Tezkor gol urishimizga qaramasdan, xotirjamlik oqibatida o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik. Keyin hisobda oldinga chiqib olganimizdan keyin ham igna ustida utirgandek bo'ldim. Boisi “Olmaliq” a'zolaridan har qanday xavfni kutish mumkin edi. Qachonki, Berdiev zaxiradan tushib hisobdagi farqni oshirganidan keyingina xotirjam bo'ldim. Bu jamoa biz uchun noqulay raqib hisoblanadi. Shuning uchun ham g'alabadan xursandman, - deydi Mirjalol Qo'shoqovich.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com