Mirror: Pogba mavsum oxirigacha “Manchester Yunayted”da qoladi

6 sen 2018, 08:51
Pogba qishda jamoani tark etmaydi.

“Manchester Yunayted”ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba yanvarda jamoani tark etmaydi. Pol yozda “Barselona”ga o'tishi mumkin edi, biroq transfer amalga oshmay qoldi. Qayd etilishicha, kataloniyaliklar yaqin kelajakda futbolchini yana qo'lga kiritishga harakat qilib ko'radi. Mirror nashri esa futbolchining jamoada 2018/19 yilgi mavsum oxirigacha qolishini ma'lum qildi.

Avvalroq, Pogbaning “Yuventus”ga ham qaytishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mirror