
Armaniston bilan bo'lgan o'rtoqlik o'yinida Miroslav Kloze raqib darvozasini ishg'ol etdi va kiritilgan gollar bo'yicha gerd Myullerni ortda qoldirdi. Bungacha Kloze va Myuller hisobida 68 tadan gol bor edi. Armaniston darvozasiga kiritilgan gol Klozeni eng yaxshi to'purarga aylantirdi.
Shuni aytib o'tish joizki, Braziliyada bo'lib o'tadigan mundialda Kloze yana bir yangi rekordni qayd etishi mumkin. Mundial tarixidagi eng yaxii to'purar bo'lib turgan braziliyalik Ronaldo hisobida 15 gol mavjud. Kloze hisobida esa Gerd Myuller bilan bir xil 14 tadan gol bor. Agarda Miroslav Kloze ushbu chempionatda yana ikkita to'p kiritsa, Jahon chempionatlari tarixidagi eng ko'p to'p kiritgan futbolchiga aylanadi.