Mirko Yelichich "Lokomotiv"ga qaytdi

Alisher
8 avg 2022
Bir necha yillar davomida "Lokomotiv"da ishlagan avstraliyalik mutaxassis Mirko Yelichich klubga qaytdi.

"2016-2019 yillar mobaynida klubimizda faoliyat olib borib, ketma-ket chempionlik va sovrinlarning qo'lga kiritilishida Mirko Yelichichning xizmati beqiyos bo'lgandi.

O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan "Lokomotiv" futbol klubi ikkinchi davradan e'tiboran Mirko Yelichichni jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida qaytganini ma'lum qiladi.

Shu o'rinda Mirkoga omad va zafarlar, jamoamiz bilan ko'plab g'alabalar tilab qolamiz.

"Lokomotiv"ga qaytish muborak, Mirko!", - deyiladi "temiryo'lchilar" xabarida.




AlisherMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати