Mirjalol Qosimov: "Yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi"

Narzulla Saydullayev
22 may 2017, 23:05
O'zbekiston kubogi doirasiidagi "Sho'rtan" - "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Ikki xil taym guvohiga aylandik. Birinchi bo'lim ancha sust bo'ldi, ikkinchi taymda ikkita gol urdik. Ammo 2:0 hisobida oldinga chiqib olganimizda xotirjamlikka berilib ketdik. So'nggi 10 daqiqada raqib xatto 3ta gol urib yutib ketishi ham mumkin edi", - deydi Mirjalol Qosimov.  

"Bunyodkor" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia