Mirjalol Qosimov: "Bu yutuq faqat meniki emas"

Narzulla Saydullayev
19 apr 2018, 12:32
"Bunyodkor" ustozi Mirjalol Qosimov PFL talqiniga ko'ra mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Biz murabbiyning fikrlari bilan qiziqdik.

"Berilgan mukofot bir o'zimning yutug'im emas. Jamoamiz, yordamchilarim va shogirdlarimning yutug'idir. Sababi muxlislarga yoqadigan o'yinlarni aynan shogirdlarim ko'rsatishmoqda. Bu sovrin yanada izlanishga undaydi. Eng yaxshi bo'lganim bizni to'xtatib qo'ymaydi.

O'zbekiston kubogiga qur'a tashlash marosimi ilk bor TV orqali jonli efirda namoyish etildi. Bu albatta shaffoflikka qo'yilgan qadam.

Kubokda bizga Jizzaxning "So'g'diyona" klubi raqib bo'ldi. Biz har bir o'yinda chiroyli o'yin ko'rsatib finalga qadar yetib borishni maqsad qilib qo'yganmiz. Barchasini vaqt ko'rsatadi", - deydi mart oyining eng yaxshi murabbiyi Mirjalol Qosimov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia