

"Ochig'ini aytsam hakamlar meni juda yaxshi tanib olishgan shekilli. Men ozgina qo'pollik qilsam ham darrov maydondan chetlatishyapti. To'g'ri tan olaman biroz qiziqqonroqman va hakamlar bilan tez-tez aytishib qolaman. Biroq boshqa futbolchilar shunday qo'pollik qilishsa ularga sariq kartochka beriladi, men qo'pollik qilsam darrov qizil kartochkani cho'ntaklaridan chiqarishadi.
"Dinamo" bilan uchrashuvda zaxiradan o'yinga tushganimga 1 daqiqa ham bo'lmagan edi, hakam qizil kartochka berdi. Buning uchun muxlislardan uzr so'rayman. Lekin o'sha vaziyatda qizil kartochkaga m,unosib emas edim", deydi Miras Karliboev.
Furqat Yusupov suhbatlashdi



