2 iyul, shanba kuni O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada davom etayotgan jahon chempionati nimchorak final uchrashuvlari doirasida Gretsiya yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kurashlarga boy o'tgan bahs 3:1 hisobida Ahmadjon Musaev shogirdlari g'alabasi bilan yakuniga etdi. Ushbu g'alaba O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga tarixda ilk bor jahonning eng kuchli sakkiz termasi qatoriga kirish imkonini berdi.
Uchrashuv yakuniga yetishi bilan Kamil O'jak stadionidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi kiyim almashtirish xonasida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Terma jamoalar markazi Asqar Tolibjonov futbolchilar bilan uchrashdi. Tolibjonov futbolchilarni tarixiy g'alaba bilan tabriklab, O'FF Prezidenti tabrigini etkazdi.
O'yin tugashi bilan Mirabror Zufarovich bilan aloqaga chiqdik. O'FF Prezidenti yosh futbolchilarni Gretsiya ustidan qozonilgan g'alaba bilan tabriklab, O'zbekiston xalqini bundan keyin ham mana shunday chiroyli muvaffaqiyatlar bilan quvontirishdagi harakatlaringiz bardavom bo'lishini tiladilar, - dedi O'FF Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov.
Terma jamoani 2 iyuldagi muvaffaqiyati bilan bog'liq tabriklar kelishda davom etmoqda. Futbolchilarni, eng avvalo, oila a'zolari, yaqin qarindoshlari, do'stlari, shuningdek, O'zbekiston va jahon futbol jamoatchiligi g'alaba bilan muborakbod etmoqda. Tabrik yo'llaganlar orasida Meksikada o'tgan o'smirlar o'rtasidagi 2011 yilgi jahon chempionatida Aleksey Evstafeev va Ahmadjon Musaev jamoasi bilan yaqindan ishlagan meksikalik mutaxassislarning ham borligi e'tiborga molik.