
Unda O'FF prezidenti Mirabror Usmonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz 2017 yil o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tadigan jahon chempionatini O'zbekistonda qabul qilish uchun da'vogarlik qilayapmiz. Bundan tashqari 2015 yil Avstraliyada Osiyo kubogi bo'lib o'tadi. Navbatdagi qita kuboklaridan biri yurtimizda bo'lib o'tishi mumkin. Shuni takidlashni istardimki O'zbekiston yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatini bemalol qabul qila oladi", - deydi O'FF prezidenti.