Mirabror Usmonov nogiron-amputantlar terma jamoasiga omad tiladi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2014
26 noyabr kuni Chig'atoy o'quv bazasida O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasini Jahon chempionati bahslariga kuzatishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov, O'FF Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovlar ishtirok etishdi.

Avvalroq xabar berganimizdek, O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi 28 noyabr kuni Meksikada start oladigan navbatdagi jahon chempionati bahslarida ishtirok etadi va amaldagi jahon chempioni nomini himoya qiladi.

O'FF prezidenti Mirabror Usmonov nogiron-amputantlar o'rtasidagi navbatdagi jahon chempionati bahslarida O'zbekiston terma jamosiga omad tiladi. Amaldagi jahon chempioni sanaladigan terma jamoaga Meksika maydonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimizga yorug' yuz va navbatdagi oltin medallar bilan qaytishini tiladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi qiladigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun 26 noyabr kuni kechkurun Meksikaning Kuliakan shahriga uchib ketadi. Mavzur Umarxo'jaev bosh murabbiyligidagi terma jamoa musobaqaning A guruhida 28 noyabr kuni ishtirokni boshlaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com