Dastlab Andijonda bo'lgan mehmonlar u yerdan so'ng Farg'ona tomon yo'lga chiqishdi. Soat 13:00da Farg'ona shahriga yetib kelgan delegaciya a'zolari yangi qurib bitkazilgan "Istiqlol" nomli stadionga tashrif buyurib, ko'zdan kechirdi.
Shuningdek yaqinda ishga tushishi kutilayotgan futbol akademiyasi binosi bilan ham tanishdi. Qolaversa Farg'ona olimpiya zaxiralari kollejida bo'lib, u yerda yig'ilish o'tkazildi. Unda Toshkentdan tashrif buyurgan delegaciya vakillaridan tashqari viloyat hokimi Shuhratbek G'aniev, viloyat futbol federatsiyasi vice-prezidenti Salimjon Zokirov, Neftchi klubi raisi Tohir Kapadze, jamoa bosh murabbiyi Murod Ismoilov hamda "Qo'qon-1912" klubi vice-prezidenti Baxtiyorjon Tolipov va bosh murabbiy Rustam Abdullaev ham ishtirok etdi.
Yig'ilish mobaynida viloyat sportida olib borilayotgan ishlar haqida iliq fikrlar bildirildi va Mirabror Usmonov viloyat hokimiga O'zbekiston futbol federatsiyasining ko'krak nishonini topshirdi.
Shu tariqa Toshkentdan kelgan mehmonlarning safari yakunlandi.