Minaminoga APL va A Seriya klubi qiziqmoqda

Alisher
20 may 2022
Hujumchi Takumi Minamino yozda "Liverpul"dan kyetishi mumkin.

"Inter" va "Lids" 27 yoshli yaponiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

"Qizillar" o'yinchi bilan 17 million funt sterling evaziga xayrlashishga tayyor. Transfermarkt o'yinchini 10,8 million funtga baholamoqda.

Minamino joriy mavsum barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Anfield Watch