Minamino "Liverpul"da nechinchi raqam ostida o'ynaydi?

Alisher
19 dek 2019
"Liverpul" yangi futbolchisi Takumi Minaminoning qaysi raqam ostida o'ynashi ma'lum bo'ldi.

Yaponiya terma jamoasi futbolchisi yangi jamoasida 18-raqam ostida harakat qiladi. Bundan oldin ushbu raqamda Alberto Moreno o'ynagan.

Minamino Mersisayd klubi bilan 4,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Eslatib o'tamiz, 24 yoshli 2015 yildan Yaponiya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Rasman: Minamino - "Liverpul" futbolchisi!


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/LFC