Mina "Everton" qiziqishlari doirasida

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2018, 11:47
Kolumbiya terma jamoasi va "Barselona" himoyachisi Yerri Mina "Everton" qiziqishlari doirasida.

23 yoshli futbolchi JCH-2018da 3ta gol urib, jamoasining 1/8 finalga chiqishiga yordam berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Liverpul shahri jamoasi "Barselona" bilan kolumbiyalik transferi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Ispan klubi Minani yozda sotib yuborishi mumkin.

So'nggi mavsum himoyachi ko'k-anorranglilar safida LaLiganing bor-yo'g'i 5ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo