Millatlar ligasi. Shotlandiya Ukrainani yirik hisobda mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
22 sen 2022, 01:43
Yevropa Millatlar ligasining 1-turidan o'rin olgan qoldirilgan Shotlandiya - Ukraina uchrashuvi yakunlandi.

Ukrainadagi siyosiy vaziyat tufayli mazkur uchrashuvga sanasi boshqa muddatga qoldirilgandi. "Xempden Park"da kechgan bahsning ikkinchi bo'limida o'yin masalasi hal bo'ldi. Makginning goli va Dayksning dubli shotlandlarga g'alaba taqdim etdi. 

Shu tariqa, Shotlandiya o'z guruhida 9 ochko bilan peshqadamga aylandi. Ukraina esa 6 ochko bilan ikkinchi o'ringa tushib ketdi. Shuningdek, keyingi o'rinlarda Irlandiya (4 ochko) va Armaniston (3 ochko) bormoqda.

Shotlandiya – Ukraina 3:0 (0:0, 3:0)

Gollar: 1:0 – 70 Makginn, 2:0 – 80 Dayks, 3:0 – 87 Dayks.

Shotlandiya – Gordon, Patterson (Xiki, 26), Makkenna, Xendri, Tirni (Teylor, 86), Armstrong (Freyzer, 76), Makgregor, Makginn, Kristi (Maklin, 85), Maktomini, Adams (Dayks, 77).

Ukraina – Trubin, Karavaev, Matvienko, Bondar, Mixaylichenko, Yarmolenko (Cygankov, 68), Mudrik (Ignatenko, 84), Stepanenko (Sidorchuk, 46), Malinovskiy, Pixalenok (Zubkov, 83), Dovbik (Yaremchuk, 67).

Ogohlantirishlar: Stepanenko (18), Bondar (45), Yaremchuk (71), Sidorchuk (83), Malinovskiy (90).

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia