Millatlar ligasi. Shotlandiya, Chernogoriyada g'alaba, Serbiya va Qozog'istonda esa durang

11 sen 2018, 07:04
Kecha UEFA Millatlar ligasi 2-turi doirasida bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Jumladan, Shotlandiya terma jamaosi o'z maydonida Albaniyani qabul qilib, 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Serbiya esa Ruminiya bilan 2:2 hisobidagi durang rozi bo'ldi. Chernogoriya Litvani qabul qilib, 2:0 hisobidagi g'alabani tantana qildi.

Kechagi uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar:

“C” guruhi

Shotlandiya – Albaniya 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 47, avtogol Gimshiti, 2:0 – 68 Neysmit.

Serbiya – Ruminiya 2:2 (1:0, 1:2)

Gollar: 1:0 – 26 Mitrovich, 1:1 – 48, penalti Stanchu, 2:1 – 63 Mitrovich, 2:2 – 68 Cukudyan.

Chernogoriya – Litva 2:0 (2:0, 0:0)

Gollar: 1:0 – 34, penalti Savich, 2:0 – 36 Yankovich.

“D” guruhi

Andorra – Qozog'iston 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 0:1 – 68 Logvinenko, 1:1 – 85 Alaes.

Kosovo – Farer orollari 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 50 Zeneli, 2:0 – 55 Nuxiu.

Malta – Ozarbayjon 1:1 (1:1, 0:0)

Gollar: 1:0 – 10, penalti Adjius, 1:1 – 26 Xalilzade.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia