Milik va Lorente qishki transferlar vaqtida “Napoli”ni tark etadi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2020
Ushbu ma'lumotni “Napoli” direktori Kristiano Juntoli ham tasdiqladi.

“Transferlar oynasi - hamma uchun muammo. Bizda boshqa klublar o'z safida ko'rishni xohlaydigan hujumchi bor. Shuning uchun kelajakda nima bo'lishini ko'ramiz. Milik Yevropa chempionatiga tayyor bo'lib borish uchun o'ynashni istamoqda. U xohlayotgan narsa shu xolos. Jamoa yaxshi shakllangani uchun kimnidir sotib olamiz deb o'ylamayman. Lorenteni sotish? Albatta, bo'lishi mumkin”, - deydi Juntoli.

Ma'lumotlarga ko'ra Arkadiush Milikning xizmatlariga “Yuventus”, Fernando Lorentega esa “Sampdoriya”dan qiziqish bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia