"Milan"ning yozgi transfer byudjeti qancha?

Sherzod Nurmatov
19 fev 2024, 12:18
"Rossoneri" tarkibini kuchaytiradi.

"Milan" egasi Jerri Kardinale klubning yozgi transfer byudjetini e'lon qildi.

"Men bu klub bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishni xohlayman. "Milan" – bu hayotimdagi eng yaxshi sarmoya. San-Donatodagi yangi stadion Yevropadagi eng zamonaviysi bo'ladi. Qolaversa, yozgi transfer oynasida 50-100 million evro sarflaymiz", – dedi funkcioner.

Mish-mishlarga ko'ra, "Milan" ham mavsum oralig'ida murabbiyini o'zgartirmoqchi. Nomzodlar orasida Antonio Konte, Mauricio Sarri va Xulen Lopetegi bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira