"Milan"ning 2 asosiy futbolchisi "Yuventus"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
12 okt 2023, 11:20
O'yinchilar diskvalifikaciya qilingan.

"Milan" darvozaboni Mayk Menyan va himoyachi Teo Ernandes Italiya chempionatining 8-turida "Yuventus"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishadi. Bu haqda "Football Italia" xabar bermoqda.

Ikkala futbolchi ham diskvalifikaciya qilingan. Menyan – oldingi o'yinda maydondan chetlatilgani uchun, Ernandes – sariq kartochkalari ko'payib ketgani tufayli.

"Milan" – "Yuventus" uchrashuvi 22 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia