"Milan"ga qarshi o'yin oldidan "Napoli"da katta yo'qotish bor

Mirjalol Normatov
31 mar 2023, 23:59
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen Nigeriya termasidan jarohat bilan qaytdi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, uning chap oyog'i sonida jarohat bor. U "Milan"ga qarshi o'tadigan barcha uch bahsni o'tkazib yuborishi mumkin.

Uchrashuvlarning dastlabkisi 2 aprel kuni bo'lib o'tadi. Osimxen dam olish kunlaridagi o'yinda ishtirok etmasligi aniq bo'lib ulgurgan.

12 va 18 aprel kuni YCHL doirasidagi bahslarda esa uning ishtiroki so'roq ostida turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia