"Milan"ga "Benfika" yarim himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
25 iyun 2023, 12:28
"Benfika" xavbeki Florentinu "Milan" qiziqishlari doirasida.

Lissabon klubi futbolchisining transferidan 30 mln evro ishlab olmoqchi, deb xabar beradi Janluka Di Marcio.

Milanliklar Florentinoning agenti bilan muzokaralarga kirishgan. 23 yoshli portugaliyalik futbolchi ushbu mavsumda barcha turnirlarda 44 o'yinda qatnashib, 3ta assist amalga oshirdi. Bunga qadar u Portugaliya jamoasi futbolchisi sifatida "Monako" va "Xetafe"da ijara asosida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GianlucaDiMarzio