"Milan" Zieshni ijaraga olmoqchi, "Chelsi" esa...

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022
"Milan" "Chelsi" rejalariga kirmayotgan Hakim Zieshni tarkibiga qo'shib olmoqchi.

"Rossoneri" 29 yoshli marokashlik futbolchini bir mavsumga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishni istamoqda. Ammo "Chelsi"  futbolchisini faqatgina sotib yuborish sharti bilan ijaraga bermoqchi. Bu variant esa milanliklarga maqul kelmayapti.

Yarim himoyachi o'tgan mavsum APL doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio