"Milan" yangi homiyga ega bo'ldi

Оқил Абдубарноев
21 fev 2022, 19:57
Italiyaning "Milan" klubi yangi homiyga ega bo'ldi.

Italiya klubi Yevropadagi eng yirik sug'urta kompaniyalaridan biri Wefox bilan hamkorlik boshlanganini ma'lum qildi.

Nemis brendining logotipi formaning orqa tomonida, jamoa raqamidan pastda aks etadi.

Kompaniya nomi A Seriyaning navbatdagi o'yinida - 25 fevral, juma kuni "Udineze"ga qarshi o'yinda "rossoneri" libosida paydo bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: acmilan.com