"Milan" yana bir transfer amalga oshirishga yaqin

Mirjalol Normatov
15 avg 2018
"Jenoa" yarim himoyachisi Diego Laksalt "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Sky Italia" xabariga ko'ra, "rossoneri"lar 25 yoshli urugvaylik uchun 14 mln evro to'laydi. Shuningdek, 4 mln evro bonuslar tarzida vada qilingan.

Oldinroq uning xizmatlariga "Zenit" ham qiziqish bildirgandi. Ammo muzokaralar noma'lum sabablarga ko'ra, uzilib qolgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Italia