

Ma'lum bo'lishicha, "Milan" rahbariyatidan Marko Fassone va Massimiliano Mirabelli Londonga tashrif buyurdi. "Premium Sport"ning xabar berishicha, ularning Angliya poytaxtiga kelishidan maqsad "Chelsi" a'zosi Diego Kostani xarid qilish. "Aristokratlar" safiga Alvaro Morata kelgach, Kostaning ketishiga shubha qolmadi.
Eslatib o'tamiz, Diegoga Madridning "Atletiko" klubi ham qiziqish bildirgan. Hujumchi jamoa bilan mavsumoldi turnesiga bormadi.




