"Milan" va "Yuventus" "Lacio" forvardi uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
9 dek 2020, 14:05
"Lacio" hujumchisi Xoakin Korrea qishki transferlar oynasida Rim klubidan ketishi mumkin.

26 yoshli argentinalik futbolchi uchun bir yo'la Italiya va Ispaniyaning top-klublari da'vogarlik qilmoqda.

Ular orasida "Yuventus" va "Milan", shuningdek Madridning "Atletiko" klubi ham bor.

Korreaning transferi ehtimoliy xaridorga 50-55 million evroga tushadi. Transfermarkt portali forvardni 30 million evroga baholamoqda.

Xoakin joriy mavsum "Lacio" tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com