"Milan" va Sanshesh kelishib oldi

Aziz Tukhtamuradov
8 iyun 2022, 08:38
Renatu Sanshesh "Milan"ga o'tishga yaqin.

Klub yarim himoyachi bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Italiyaliklar futbolchini sotib olish bo'yicha "Lill" bilan muzokaralar o'tkazishmoqda. 

Portugaliyalik futbolchi "Milan"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Chunki, "rossoneri"lar futbolchisi Frank Kessie erkin agent sifatida "Barselona"ga o'tib ketmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia