

"Calciomercato" xabariga ko'ra, Braziliya klubi vakillari 18 yoshli futbolchi uchun turli bonuslarni hisobga olmaganda taxminan 20 million evro olmoqchi. Milan jamoasi atigi 15 million evro taklif qilishga tayyor.
Alohida aytish joiz, Borjesning o'zi ham faoliyatini Yevropaning top-chempionatlaridan birida davom ettirishga qarshi emas. Bu yil hujumchi "Santos" tarkibida Braziliya chempionatida 23 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Stefano Pioli qo'l ostidagi "rossoneri" ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida 2-pog'onani band etib turibdi.



