

Yozda futbolchining "Milan"ga qaytishi haqida juda ko'p gap-so'zlar bo'lgandi. Lekin, milanliklar bu borada aniq harakatni amalga oshirmadilar va transfer to'xtab qoldi. Lekin, ular yana gabonlik futbolchiga qiziqayotganliklari haqida xabarlar tarqaldi. Bundan tashqari, "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham 28 yoshli hujumchini o'z jamoasi tarkibida ko'rmoqchi.
Avvalroq, Obameyang Angliyada o'ynash istagi yo'qligini aytib o'tgandi.




