"Milan" va "Inter" angliyalik vunderkind uchun kurashmoqda

Alisher Ostonov
28 dek 2025
"Vest Xem"ning 15 yoshli himoyachisi Emmanuel Feyokva ko'plab Yevropa top-jamoalarining diqqat markazida bo'lib turibdi.

Qayd etilishicha, futbolchiga A Seriyaning "Milan" va "Inter”, Niderlandiyaning PSV, "Ayaks" va "Utrext," Daniyaning "Kopengagen," Belgiyaning "Bryugge" va Germaniyaning "Bayer" klublari davogarlik qilmoqda. Feyokva hozirda "Vest Xem" yoshlar jamoasida o'ynaydi va hali kattalar safida debyut qilmagan.

Feyokvada klub tanlashdan tashqari yana bir intriga bor. Futbolchi Angliya va Niderlandiya fuqaroligiga ega, u ikki mamlakat yoshlar terma jamoalarida o'ynagan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: The Talent Hunter