"Milan" ustozi Manjukich haqida nimalar dedi?

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoaning yangi o'yinchisi Mario Manjukich haqida gapirdi.

"Mario darhol jamoaga qo'shildi. U allaqachon Italiya chempionatida o'ynagan va mentalitetni biladi. Manjukich jamoa ilan ishlashda muammoga duch kelmadi, aksincha o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi. U anchadan beri maydonga tushgani yo'q, ammo jismoniy holati yaxshi holatda.

Oldimizda ikki yo'l bor: 3-4 hafta davomida Marioni zahirada ushlab turish yoki... Ammo men ikkinchi yo'lni tanlayman. U ertaga ["Atalanta"ga qarshi] o'ynash uchun tayyor bo'ladi.

Ibragimovich va Manjukich tandemi? Menimcha, buning iloji bor", - dedi italiyalik mutaxassis.


Manba: