"Milan" "Torino" bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2021, 00:55
"Torino" futbolchisi Sualixo Meyte qishda "Milan"ga o'tadi.

26 yoshli fransiyalik futbolchi ushbu mavsum yakuniga qadar "Milan" tarkibida ijarada o'ynaydi. Yakunda esa milanliklar uni sotib olish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Oldinroq "Milan" futbolchining ijarasi uchun 1 mln evro, transferi uchun 9 mln evro to'lashi kerakligi aytilgandi. Meyte ushbu mavsumda "Torino" tarkibida 16 o'yinda 1 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal