"Milan" tarkibni nemis hujumchisi bilan kuchaytirdi

Sherzod Nurmatov
2 yanv 2026, 18:17
Italiyaning "Milan" klubi rasmiy sayti orqali hujumchi Niklas Fyullkrugning Angliyaning "Vest Xem" jamoasidan ijara asosida safiga qo'shilganini ma'lum qildi.

"Milan" Fyullkrugni "Vest Xem"dan sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oldi.

Ma'lum qilinishicha, Niklas Fyullkrug 9-raqamli futbolkada to'p tepadi.

Nemis hujumchisi London klubidan ruxsat olgan holda 26 dekabrdan beri "Milan"ning Milanellodagi mashg'ulot bazasida yangi jamoasi bilan birga shug'ullanib kelmoqda. Bugun kechqurun u "Kalyari"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acmilan.com