"Milan" Sven Botman uchun kurashdan chiqdi

Alisher
11 iyun 2022
"Milan" ortiq "Lill" himoyachisi Sven Botmanning xaridiga qiziqmayapti.

Milanliklar 22 yoshli niderlandiyalikka "Nyukasl" bermoqchi bo'layotgan 50 mln evroni taklif qilishga tayyor emaslar.

"Milan" faqatgina 30 mln evrolik taklif berishi mumkin xolos. Botman katta ehtimol bilan "Nyukasl"ga yo'l oladi.

Futbolchi o'tgan mavsum klub safida 29ta o'yinda 3ta gol urdi. Uning "Lill" bilan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia