

Manbaning xabariga ko'ra, “rossoneri” “Nyukasl”ga o'tgan yarim himoyachi Sandro Tonalini o'rniga Savichni olib kelmoqchi. “Milan” rahbarlari “Lacio”dan Milinkovich-Savichni sotib olish niyatida. Shuningdek, Milan klubi rimliklarning yana bir yarim himoyachisi - Danilo Kataldini sotib olish niyatida.
2022/2023 yilgi mavsumda Milinkovich Savich “Lacio” safida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining Rim klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Transfermarkt internet portaliga ko'ra, futbolchining taxminiy narxi 50 million evroni tashkil qiladi.



