"Milan" safida 40 yoshli darvozabon "Yuventus"ga qarshi o'ynaydi

Оқил Абдубарноев
19 okt 2023, 19:29
Yakshanba oqshomida "Milan" va "Yuventus" Italiya chempionatining 9-turida o'zaro bahslashadi.

"Rossonerlar" lagerida darvozabon poziciyasida jiddiy muammolar yuzaga keldi. "Jenoa"ga qarshi so'nggi o'yinda maydondan chetlatilgan Mayk Menyan diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi. Ayni vaqtda Marko Sportello ham chap boldiridan jarohat olgan.

Shu tariqa, 40 yoshli Antonio Mirante “Milan” safida “Yuventus”ga qarshi o'ynaydi.

“Milan” va “Yuventus” o'rtasidagi A Seriya uchrashuvi 22 oktyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Italia