"Milan" "Roma"dan Florencining huquqini sotib oldi

Alisher
2 iyul 2022
"Milan" rasmiy sayti "Roma"dan Alessandro Florencining o'tishini e'lon qildi.

O'yinchi "rossoneri" bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Oldinroq, Florenci 2021/22 yilgi mavsumni ijara asosida "Milan"da o'tkazgan edi. U Milan jamoasi 25-raqam ostida o'ynashda davom etadi.

"Milan" o'tgan mavsum Italiya chempionati g'olibiga aylandi. Florenci barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: acmilan.com