"Milan" Reshford borasida MYUga taklif jo'natdi

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2025, 13:26
"Milan" klubi Markus Reshfordning transferi ustida ishlamoqda.

Janluka Di Marcioning ma'lumotiga ko'ra, Italiya klubi 27 yoshli hujumchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. "Rossonerilar" "Manchester Yunayted"ga bu borada taklif jo'natib ulgurishgan.

Markusning atrofidagi vaziyatni "Borussiya D" ham kuzatib bormoqda.

Joriy mavsum Reshford APLda 15ta o'yin o'tkazdi va 4ta gol urib, 1ta assist berdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com