"Milan" "Real" futbolchisini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
12 fev 2021
Ayni damda u milanliklar tarkibida ijarada o'ynamoqda.

"Goal" nashrining yozishicha, "Milan" rahbariyati "Real"ga yarim himoyachi Braim Diasni sotib olish borasida taklif jo'natgan. "Qirollik klubi" futbolchisini 30 mln evroga sotib yuborishga tayyor turibdi.

21 yoshli ispaniyalik ushbu mavsumda "Milan" tarkibida barcha turnirlarda 4 gol va 3 assist qayd etdi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2025 yil yoziga qadar mo'ljallangan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal