"Milan" "Real" futbolchisini sotib oladigan bo'ldi

Alisher
16 iyun 2024
"Milan" Alexandro Ximenesni "Real"dan xarid qiladi.

"Rossoneri"ga ispanning o'tgan mavsumdagi ishtiroki juda yoqqan va uni jamoada saqlab qolishmoqchi.

"Milan" Ximenesni bir yil oldin "Real"dan 5 million evro evaziga xarid qilish huquqi bilan ijaraga olgan.

So'nggi kunlarda hamkorlikni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi. "Milan" xarid qilish huquqidan foydalanadi va ham birinchi jamoa, ham U23 jamoasida harakat qiladigan Ximenesni saqlab qoladi.

19 yoshli o'ng qanot himoyachisi joriy mavsum uchta o'yinda harakat qilgan holda A Seriyada debyut qildi, shuningdek Italiya kubogidagi ikki bahsda harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: Relevo