"Milan" qishda "Yuventus"ning sobiq hujumchisini ijaraga oladi

13 noya 2019, 03:34
Bu haqida Italiyaning Salciomercato nashri xabar tarqatdi.

"Everton" klubi hujumchisi Moyze Ken faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Futbolchining agenti Mino Rayola allaqachon "rossonerilar" bilan Moyzening ijarasi masalasida muzokaralar o'tkazgan. Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi yanvarda A Seriyaga qaytishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Everton" italiyalik hujumchini "Yuventus"dan 27,5 mln evro evaziga xarid qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Сalciomercato