

Ma'lumotlarga ko'ra, rossonerlarning asosiy nishoni "Barselona" futbolchisi Arda Turan.
Ma'lum bo'lishicha, kataloniyaliklar Turkiya terma jamoasi futbolchisini 23 mln. evroga sotishga tayyor, ammo ular 2015 yilda 34 mln. evro evaziga Ardani "Atletiko"dan xarid qilgan edi. Turanning "Barselona" bilan shartnomasi 2020 yilda yakuniga etadi.



