"Milan" Pulishichni kuzatib bormoqda

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2023, 14:11
"Chelsi" amerikalik futbolchini shu yozda sotishga tayyor.

Jurnalist Janluka Di Marcioning aytishicha, Italiya klubi hozircha aniq qadamlar qo'ygani yo'q, lekin qiziqish bor.

Pulishich joriy mavsum barcha turnirlarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yaqinda ikki klub "Chelsi"ning yana bir futbolchisi Ruben Loftus-Chik borasida muzokaralar olib bordi. Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Italiya klubining Pulishichga qiziqishi aynan shu muzokaralar chog'ida namoyon bo'lgan.

Hozirda Loftus-Chik bo'yicha muzokaralar "Milan"ning texnik direktori Paolo Maldinining ishdan bo'shatilishi sababli to'xtatildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com