"Milan" Pellegri bilan kelishuvga erishdi

Alisher
21 avg 2021, 11:24
"Monako" hujumchisi Petro Pellegri Italiya chempionatiga qaytadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "Milan" 20 yoshli italiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Endi klublar ijara borasida kelishishlari kerak. "Milan" ijara uchun 1 million evro to'laydi, shuningdek klubda o'yinchini xarid qilish uchun 6 million evro bo'ladi. Bundan tashqari, "Monako" forvardning keyingi sotuvidan foiz oladi.

Pellegrining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. O'yinchi "Monako"ga 2018 yilda "Jenoa"dan o'tgan edi. U o'shandan beri 23ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano