"Milan" Paredes uchun "Yuventus" bilan kurashadi

27 iyul 2020, 03:10
"Pari-Sen Jermen" klubi yarim himoyachisi Leandro Paredes faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Foot Mercato xabarida takidlanishicha, 25 yoshli argentinalik futbolchini qo'lga kiritish uchun "Napoli", "Milan" va "Yuventus" klublari harakat qilib ko'rishadi. Avvalroq xavbekning o'zi Turin klubiga ko'chib o'tish niyati borligini ma'lum qilgandi.

Paredesning ehtimoliy transfer qiymati 40 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Foot Mercato